Omonatlar

AT "Aloqabank"dagi omonatlar — bu pul mablag’laringizni xavfsiz saqlash va yaxshi daromad olish manbaidir. Sizning barcha omonatlaringiz «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi» tomonidan kafolatlangan. Sizning omonatlaringiz:

  • soliqlar va majburiy to'lovlardan ozod qilinadi;
  • mablag'lar manbalari deklaratsiya qilinmaydi;
  • ma'lumotlar sir saqlanishi to'liq kafolatlanadi.

AT "Aloqabank"dagi mavjud omonatlar ro’yxati:

MILLIY VALYUTADAGI  OMONATLAR

Omonat nomi Omonat muddati Omonat turi Omonatning asosiy shartlari
“Talab qilib olinguncha” -
talab qilib
olinguncha
Kundalik maqsadlar uchun xohlagan vaqtda talab qilib olishlari mumkin.
"Foydali" 3, 6 va 9 oy jamg'arma Omonatga qo'yilmalar quyi chegarasi 1 mln. va yuqori chegarasi 100 mln. so'm.
"Kapital" 3 va 6 oy jamg'arma Omonatga qo'yilmalarining quyi chegarasi 500 000 (besh yuz ming) va yuqori chegarasi 100 000 000 (yuz mln.) so'm qilib belgilanadi, mablag'lar naqd pulda  yoki bankdagi muddati tugagan omonatlardan naqd pulsiz o'tkazish yo'li bilan qabul qilinadi.
"Oltin kuz" 2, 4 va 7 oy muddatli Omonatga kamida 500 000 (besh yuz ming) so'mlik naqd pul mablag'lari kiritish yoki bankdagi muddati tugagan omonatlardan naqd pulsiz o'tkazish yo'li bilan qabul qilinadi.
“Aloqachi” 45 kun muddatli Omonatga naqd pul mablag'lari qabul qilinadi. Foizlari omonat muddati tugaganda beriladi.
“So'lim qishlog'im” 3 va 6 oy muddatli 3 oy  muddatga qo'yilgan omonatlar bo'yicha foizlar muddati tugaganda, 6 oy  muddatga qo'yilgan omonatlar bo'yicha foizlar har oyda beriladi.
“Kopilka 2” 1 va 2 yil jamg'arma Foizlari har oyda beriladi. Omonatga qoshimcha mablag'lar qo'yish mumkin.
"Imkoniyat 2" 12 oy muddatli Foizlarni har oyda olish mumkin. Omonatni shartnoma muddati tugamasdan oldin to'liq olish mumkin. Bunda foizlarni qayta xisob-kitob qilinishi omonat saqlangan davrga bog'liq.
“Tadbirkor” 3 oy muddatli Omonatga naqd pul mablag'lari qabul qilinadi. Foizlarni har oyda olish mumkin.
“Biznes” 2, 3 va 4 yil jamg'arma Foizlarni har oyda olish mumkin. Omonatga qo'shimcha badallar qo'yib borish mumkin..
"Komfort" 6 va 12 oy muddatli Foizlarni har oyda olish mumkin.  Omonat muddatiga bog'liq holda dastlab omonat qo'yilganda oldindan foiz to'lovlari to'lanadi.
“Antiqa” 9 va 12 oy muddatli Mablag'lar AT "Aloqabank" tizimi ichida naqd pulsiz shaklda qabul qilinadi. Foizlarni har oyda olish mumkin.
"Ulug' bayram" 12 oy muddatli Hisoblangan foizlar har oyda beriladi. Qo'shimcha mablag'lar qoyish mumkin emas.
“Bolajon” 6 oy muddatli Omonatga naqd pul mablag’lari qabul qilinadi. Foizlar har 3 oyda beriladi.
"Nihol" 3 va 6 oy muddatli Omonatga naqd pul mablag’lari qabul qilinadi. 3 oy muddatga qo’yilgan omonatlar bo’yicha omonat foizlari omonat muddati tugagach beriladi, 6 oy muddatga qo’yilgan omonatlar bo’yicha - har oyda beriladi.
“Kopilka” 365 kun jamg'arma Omonatga naqd pul mablag’lari qabul qilinadi. Foizlarni har oyda olish mumkin. Omonatga qo’shimcha badallar qo’yib borish mumkin.
“Saxiy” 20 yoshga etgungacha muddatli Baxtsiz hodisalar oqibatida halok bo’lgan fuqarolarning farzandlari nomiga ochiladi. Omonatga hisoblanadigan foiz daromadini har oyda olish mumkin, ishlatilmagan foiz daromadi har 12 (o’n ikki) oyda omonat qoldig’iga qo’shilib, kapitallashtiriladi.
“Vizitka”  12 oy muddatli Omonatga naqd pul mablag’lari qabul qilinadi. Foizlar har 3 oyda beriladi.
“Yoshlar” 1 yildan 3 yilgacha muddatli Omonat 35 yoshgacha bo’lgan omonatchilar nomiga ochiladi. Omonatga qo’shimcha badallar qo’yib borish mumkin. Foizlar har 3 oyda beriladi. Olinmagan foizlar   2 yil muddatga qo’yilgan omonatlar bo’yicha har 6 oyda, 3 yil muddatga qo’yilgan omonatlari bo’yicha har 3 oyda omonat miqdoriga qo’shilib kapitallashtiriladi.
“Baxtli bolalik”

3 yildan 18 yilgacha

jamg'arma Omonat  15 yoshgacha bo'lgan bolalar nomiga ochiladi va bola 18 yoshga to'lgunga qadar saqlanadi. Omonatga qo'shimcha badallar qo'yib borish mumkin.
"Oson to'lov" 12 oy muddatli Hisoblangan foizlar har oyda  kommunal to'lovlar, Internet telefon xizmati, uyali telefon, kabel va raqamli televideniya xizmati, sug'urta va soliq to'lovlari uchun naqd pulsiz shaklda ko'chirilib beriladi.
"Madad" 1,2,3 va 4 yil jamg'arma Omonatga naqd pul mablag'lari qabul qilinadi. Omonatga qo'shimcha badallar qo'yish mumkin.   Foizlarni har oyda olish mumkin.
"Aziz oilam" 12 oy muddatli Foizlarni har oyda olish mumkin yoki kommunal to'lovlar, internet banking xizmati uchun o'tkaziladi. Omonatga mablag'lar chegaralanmagan miqdorda qabul qilinadi.
"Talaba" 28 oy muddatli Omonat O'zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan oliy o'quv yurtlari talabalari nomiga ochiladi. Omonatga qo'shimcha badal qo'yish yoki omonatni qisman berilishi amalga oshirilmaydi. Foizlari
AT "Aloqabank" filiallaridan olgan tahlim krediti va foizlarini so'ndirish uchun yo'naltiriladi.
Baraka 2 va 3 yil jamg'arma Foizlarni har oyda olish mumkin, olinmagan foizlar kapitallashtirilmaydi. Omonatga qo'shimcha badallar qo'yib borish mumkin. Muddati tugamasdan oldin omonat summasi mazkur omonat garovi ostida AT Aloqabank” filiallari tomonidan berilgan kreditni so'ndirish uchun yo'naltirilishi mumkin.
Tezkor 1 oy muddatli Foizlar omonat muddati tugaganda beriladi. Omonatga qo'shimcha badallar qo'yish yoki omonatni qisman berilishi amalga oshirilmaydi. garovi ostida AT Aloqabankfiliallari tomonidan berilgan kreditni so'ndirish uchun yo'naltirilishi mumkin.

 

XORIJIY VALYUTADAGI OMONATLAR

Omonat nomi Omonat muddati Omonatning min summasi Omonatning asosiy shartlari
Siz uchun 3, 6 va 12 oy muddatli

Omonatga mablag'lar xalqaro pul o'tkazmalari tizimlaridan naqd pulsiz o'tkazish yo'li bilan qabul qilinadi. Omonatga qo'yilmalar uchun eng kam miqdor 200 AQSh dollari. Omonat foizlari omonat bankka kiritilgan kuni oldindan naqd AQSh dollarida to'lab beriladi.

Daromad 3, 6 va 12 oy muddatli Omonatga mablag'lar naqd xorijiy valyutada qabul qilinadi. Hisoblangan foizlar Markaziy bank kursi bo'yicha milliy valyuta-so'mda har oyda beriladi.
"Lyuks" 2, 6 va 9 oy muddatli Omonatga mablag'lar naqd chet el valyutasida - AQSh dollarida qabul qilinadi. Foizlar Markaziy Bank kursi bo'yicha milliy valyuta - so'mda to'lanadi.

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.