Xalqaro pul o'tkazmalari

Hozirgi kunda AT "Aloqabank" tomonidan quyidagi xalqaro pul o’tkazmalari tizimlari bo’yicha xizmatlar taklif etiladi:

  • Money gram;
  • Contact;
  • Anelik;
  • Золотая Корона;
  • Unistream;
  • Western Union;
  • Leader.

Xalqaro pul o’tkazmalari tizimlari bo’yicha xizmatlar ko’rsatish shaxobchalarining keng rivojlangan tarmog’i Sizga davlatimizning istalgan joyidan hamda istalgan yo’nalishda Siz uchun qulay vaqtda pul o’tkazmasini jo’natish va olishda yordam beradi.

Pul o’tkazmasini jo’natish uchun Sizga quyidagilar kerak bo’ladi:

  • Istalgan Bank bo’limiga murojaat qilish;
  • Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish;
  • Oluvchining F.I.Sh.ini aytish (qo’shimcha ma’lumot sifatida oluvchining telefon raqami)
  • Oluvchi pulni olishi mumkin bo’lgan davlatni tanlash.

Pul o’tkazmasini olish uchun Sizga quyidagilar kerak bo’ladi:

  • Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish;
  • Operatorga pul o’tkazmasining nazorat kodini, summasi va valyutasini bildirish;

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.