UnionPay-UzCard kobeydj kartalari

Kobeydj karta – UzCard va UnionPay to’lov tizimlarining hamkorlikdagi kartasi bo’lib, undan har ikkala to’lov tizimining infrastrukturasida foydalanish mumkin. Kobeydj karta milliy valyutadagi (so’m) yagona hisobraqamga bog’langan bo’lib, so’mni AQSh dollariga bir zumda avtomatik ravishda konvertatsiya qilinishi evaziga uning saqlovchisiga dunyoning 170 ta davlat va mintaqalarida tovar va hizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Kobeydj karta ham O’zbekiston Respublikasi hududida, ham dunyoning 170 ta davlat va mintaqalarida UnionPay infrastrukturasida qabul qilinadi.

Siz chet elga chiqish vaqtida chet el valyutasini oldindan sotib olishingiz shart emas va boshqa konversion kartasini ochishingiz kerak emas, o’zingizning so'm ish haqi kartangizni olsangiz kifoya. Agar chet elda xarajatlaringiz aniq miqdorini bilmasangiz, bu qulay.
 
Kobeydj kartalarining afzalliklari:

  • Milliy va horijiy valyutadagi kartalarni olib yurish zarurati yo’q;
  • Horijiy valyutada to’lovlar amalga oshirilayotganida milliy valyutadagi mablag’larning avtomatik tarzda konvertatsiya qilinishi;
  • Zamonaviy texnologiyalar (NFC - kontaktsiz to’lovlarni amalga oshirish, ko’p bosqichli himoya tizimi va boshqalar).

Kontaktsiz tehnologiyali kobeydj kartalar (NFC) – radiokanal orqali terminalga to’lov haqida malumotlarni uzatuvchi, chip va antenna bilan jihozlangan kartalardir.

Kontaktsiz kartalardan qanday foydalanish mumkin?

Kontaktsiz to’lovni NFC logotip tushirilgan terminallar orqali amalga oshirish mumkin.

To’lov jarayoni quyidagicha:

  • Karta saqlovchisi kassir tomonidan kiritilgan to’lov summasini tekshiradi;
  • Kontaktsiz karta malumotlarni o’quvchi qurilmaga yaqinlashtiradi;
  • ovozli signal chalinadi hamda ekranda to’lov amalga oshirilganligi haqida malumot ko’rsatiladi;
  • Terminal o’chib yonadi (mablag’larning ikki marta echilishini oldini olish maqsadida).

Chet yelda to’lovlar amalga oshirilganida kobeydj karta hisobraqamidan mablag’lar bankning valyuta ayirboshlash punktlarida AQSh Dollariga nisbatan o’rnatilgan sotuv kursi bo’yicha so’mda echib olinadi.

"Youtube"da ko'rish

UnionPay-UzCard kobeydj kartalarini ochish uchun filiallar ro'yhati

Bank kartasi bilan foydalanish qoidalari

Kobeydj kartalariga xizmat ko'rsatish tariflari

Karta ochish uchun ariza

Kobeydj kartasini ochish uchun shartnoma

Murojaat uchun:

Tel.: (+998-71) 230 77 77

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.