Avtokredit

Avtokredit – Birlamchi bozordan, “GM Uzbekistan”ning rasmiy dilerlaridan avtomobilni xarid qilish uchun mo’ljallangan iste’mol kredit turi.  

Avtokreditning asosiy shartlari:

·         Depozit garovi – avtomobil narxidan 30%;

·         Kredit muddati – 4 yilgacha;

·         Kredit foizi – yillik 20%;

Kreditni rasmiylashtirish uchun bank filiallariga murojaat qilishingizni so’raymiz.

Filiallar ro’yxati.

Avtokredit olish uchun zaruriy hujjatlar

Kredit oluvchidan talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati:

1. Mahalladan yashash joyi to’g’risida ma’lumotnoma (oila a’zolari ko’rsatilgan holda);

2. Ish joyidan ishlashi (lavozimi) va ohirgi bir yillik daromadi to’g’risida ma’lumotnoma;

3. Pasport nusxasi;

4. Mehnat daftarchasi nusxasi;

5. Jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxasi (INPS);

6. SТIR (INN) nusxasi;

7. Avtomashina summasining 30 foizi miqdorida omonat garovi;

8. “GM Uzbekistan” rasmiy dileri bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi.

Agar kafil bo’lsa, kafil shaxsdan talab qilinadigan hujjatlar:

1. Mahalladan yashash joyi to’g’risida ma’lumotnoma (oila a’zolari ko’rsatilgan holda);

2. Ish joyidan ishlashi (lavozimi) va ohirgi bir yillik daromadi to’g’risida ma’lumotnoma;

3. Pasport nusxasi;

4. Mehnat daftarchasi nusxasi;

5. Jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxasi (INPS);

6. SТIR (INN) nusxasi.

 Murojaat uchun filiallardagi kreditlash bo’limlarining telefon raqamlari:

Filiallar nomi

Murojaat uchun telefonlar

Amaliyot boshqarmasi

0 371 230-43-82

Qoraqalpog’iston filiali

0 361 222-03-11

Хorazm fililai

0 362 228-81-93

Namangan filiali

0 369 233-50-67

Andijon filiali

0 374 227-87-88

Buxoro filiali

0 365 223-57-77

Surxondaryo filiali

0 376 224-20-02

Samarqand filiali

0 366 233-59-00

Qashqadaryo filiali

0 375 223-04-02

Navoiy filiali

0 436 532-35-38

Farg’ona filiali

0 373 244-44-48

Jizzax filiali

0 372 222-06-85

Mirobod filiali

0 371 281-42-39

Qo’qon filiali

0 373 543-33-55

 

 

Savol-javob

Savol – Avtokredit yuridik shaxslarga ham beriladimi?

Javob – AТ “Aloqabank”da avtokredit jismoniy va yuridik shaxslarga ajratiladi.

Savol – Bozordagi avtomobilni sotib olishga avtokredit beriladimi?

Javob – Avtokredit O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi avtomobillarni avtosalonlardan xarid qilish uchun beriladi.

Savol – Avtokredit qanday shartlarda beriladi?

Javob – Avtokreditning asosiy shartlari:

·                     Garov depoziti – avtomobil narxidan 30%;

·                     Kredit muddati – 4 yilgacha;

·                     Kredit foizi – yillik 20%;

Savol – Avtokreditning olish uchun qanday hujjatlar taqdim etish kerak?

Javob – AТ "Aloqabank"dan avtokredit olish uchun talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati:

  • Mahalladan yashash joyi to’g’risida ma’lumotnoma (oila a’zolari ko’rsatilgan holda);
  • Ish joyidan ishlashi (lavozimi) va oxirgi bir yillik daromadi to’g’risida ma’lumotnoma;
  • Pasport nusxasi;
  • Mehnat daftarchasi nusxasi;
  • Jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxasi (INPS);
  • STIR nusxasi;
  • Avtomashina summasining 30 foizi miqdorida omonat garovi;
  • “GM Uzbekistan” rasmiy dileri bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi.

Savol – Avtokreditning oylik to’lovi qancha bo’ladi?

Javob – Oylik to’lov avtomashina narxi va imtiyozli davrga bog’liq. Batafsil ma’lumotlarni quyidagi havoladagi jadval orqali aniqlashingiz mumkin:https://goo.gl/gk1EEm

Savol – Avtomobillarni qayerdan xarid qilishimiz mumkin?

Javob – Avtokredit GM Uzbekistan rasmiy dilerlaridan avtomobillarni xarid qilishga beriladi.

Savol – Avtomobilni xarid qilishga shartnomani bank beradimi?

Javob – Avtomobilni sotib olish shartnomasi GM Uzbekistan rasmiy dilerlari tomonidan beriladi.

Savol – Avtomobillar narxlari bormi?

Javob – Avtomobil narxlarini GM Uzbekistan saytidan yoki rasmiy dilerlaridan olishingiz mumkin. GM Uzbekistan rasmiy saytiga havola -http://gmuzbekistan.uz/prices.

Savol – Ish joyim Тoshkent shahrida bo’lib, biroq doimiy turar joyim (propiska) boshqa viloyatda bo’lsa Тoshkent shahridan avtokredit olsam bo’ladimi?

Javob – Mumkin, doimiy yoki vaqtinchalik turar joyidan ma’lumotnoma (oila a’zolari ko’rsatilgan holda) taqdim etilishi bilan.

Savol – Farg’ona filialidan avtokredit olish mumkinmi?

Javob – AТ “Aloqabank”ning barcha filiallarida avtokredit beriladi.

Savol –  Хech qayerda ishlamayman, avtokredit olsam bo’ladimi?

Javob – ​Amaldagi qonunchilikka muvofiq qarzdor, yani kredit oluvchidan oxirgi bir yillik ish haqisi to’g’risidagi ma’lumotnoma talab qilinadi.

Savol –  Avtokredit olish uchun ish haqim qancha bo’lishi kerak (qo’shimcha qafillik shartmi)?

Javob – Ajratiladigan kredit miqdoridan kelib chiqqan holda kredit bo’limi xodimlari tomonidan o’rganib chiqiladi. (Misol uchun oylik ish haqisi o’rtacha 3-4 mln. so’m, ajratiladigan kredit asosiy qarz va foiz to’lovlari 1,5-2 mln so’mni tashkil qilsa kafillik talab qilinmaydi; ish haqisi 2-3 mln. bo’lib kredit qaytarish summasi 4-5 mln. so’m bo’lsa qo’shimcha kafillik olinadi)

Savol – Kredit bo’limlari telefon raqamlarini qayerdan olsak bo’ladi?

Javob – Yuqorida.

Savol – Avtokreditni minibanklarda  rasmiylashtirsa bo’ladimi?

Javob – AТ “Aloqabank”ning minibanklarida avtokredit rasmiylashtirishingiz mumkin. Minibanklar ro’yxatiga quyidagi havola orqali  o’tishingiz mumkin: http://aloqabank.uz/uz/page/about/minibanks#content_text.

Savol – Avtokredit olish uchun qachon murojaat qilishimiz mumkin?

Javob – AТ “Aloqabank” filiallarining kreditlash bo’limlariga belgilangan ish vaqti, ya’ni dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik vaqti – 14:00 dan 15:00 gacha) murojaat qilishingiz mumkin.

Savol – Avtokredit avtomashinani narhining qismiga beriladimi?

Boshlang’ich to’lov sifatida 30 foizdan ortiq qo’ysam bo’ladimi?

Javob – Mumkin, ajratiladigan kredit summasidan 30 foizini garov depozitiga (bankka) qo’yib qolgan mablag’ingizni avtosalonga o’z hisobingizdan chiqarish tavsiya qilinadi. (Misol: Avtomashina 100 mln. so’m turadi va 51 mln. so’m mablag’ mavjud. Avtokreditni 70 mln. ga rasmiylashtirib, 21 mln. so’m garov depozitiga, 30 mln so’m to’g’ridan to’g’ri avtosalonga o’tkazish mumkin).

Savol – Avtokredit olish uchun qachon murojaat qilishimiz mumkin?

Javob – AТ “Aloqabank” filiallarining kreditlash bo’limlariga belgilangan ish vaqti, ya’ni dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik vaqti – 14:00 dan 15:00 gacha) murojaat qilishingiz mumkin.

Savol – Garov depoziti naqt shaklda qo’yishim shartmi?

Javob – Garov depozitini naqd va naqdsiz ko’rinishda bankka taqdim qilish mumkin.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.