Hisob-kassa xizmati

AT «Aloqabank» korporativ mijozlari-O`zbekiston Respublikasi rezident va norezidentlariga, milliy va horijiy valyutalarda kompoleks hisob-kassa xizmatlarini taklif qiladi

AT «Aloqabank» SWIFT, "Bank-Mijoz" telekommunikasion aloqaning har qaysi turidan foydalanish imkoniyatini beradi, bu esa hisoblarni amalga oshirishning yuqori tezligini va aniqligini kafoatlaydi.

Hisob raqamlarni milliy va horoijiy valyutalarda ochish

  • Hisob raqamlarni ochish minimal muddatlarda amalga oshiriladi.
  • Hisob raqamlar standard hujjat paketlarni taqdim etib ochiladi.
  • bank hisob raqamidan o`tkazilgan operasiyalar uchun, Bank tariflarga muvofiq, komissiyon harajatlarni yozadi.

Korporativ mijozlarga (rezidentlarga) hisob raqamlarni ochish uchun kerakli bo`lgan hujjatlar ro`yhati: 

1. Bank tomonidan belgilangan shaklda, hisobni (hisob raqam yoki joriy valyuta hisobini) ochish uchun Ariza.
2. Davlat registrasiyasi to`g`risida guvohnoma kopiyasi.
3. Notarius tomonidan tasdiqlangan, rahbar, bosh buhgalter, lavozimdagi vakillar imzolarining nusxalari va yuridik shaxslar ottisklari kartochkasi.

Agar yuridik shaxs shtatida bosh buhgalter yoki uning vazifalarini bajaradigan lavozim mavjud bo'lmasa, kartochkada bu haqida qayd qilinadi: "hisoblovchi xodim lavozimi, shtat jadvali tomonidan ko`zda tutilmagan".

Bu holda, kartochka faqatgina rahbar tomonidan imzolanadi.

Milliy yoki horijiy valyutadagi hisoblardagi xizmat ko`rsatish, Bankning barcha filiallarida amalga oshiriladi.

Milliy va horijiy valyutadagi pul mablag`lar o`tkazmalari

AT «Aloqabank» korporativ mijozlarning milliy va horijiy valyutadagi pul mablag`lar o`tkazmasini amalga oshiradi. Bunda Mijozga quyidagi xizmatlar taqdim etiladi:

  • naqd pul sifatida olingan pul o`tkazmalari, ularning Mijozdan qabul qilingan kunning o`zida o`tkaziladi;
  • naqdsiz pul sifatida olingan pul o`tkazmalari, Mijoz hisobiga yozilgan kunda o`tkaziladi;
  • Mijozlar hisoblariga kirimlarning yozilishi;
  • mahalliy vaqt soat13.00gacha hisob bo`yicha mijoz o`tkazmalarini amalga oshirish;
  • belgilangan muddatda amalga oshirilishi kerak bo`lgan o`tkazmalar;
  • shartlarni o`gartirish, bekor qilish, o`tkazmani qaytarish, to`lov haqida so`rov, to`lov rkvizitlarning o`zgarishi, qabul qiluvchigacha yetib bormagan summalarni qidirish;
  • hisob yopilganida mablag`larni o`tkazish, shuningdek, oldin yopilgan hisobga o`tkazilayotgan mablag`larni, boshqa kredit muassasasida joylashgan hisob bo`yicha o`tkazish;
  • xatoga yo`l qo`yilganlik oqibatida benefisiarlar - bank mijozlari bo'lmaganlar foydasiga yozilgan summani qaytarish;
  • konversion operasiyalarni amalga oshirish.

Kassa xizmati

  • Naqd pul mablag`larini milliy va horijiy valyutada qabul qilish va berish.
  • Naqd pulni qayta sanash.
  • Naqd pulni saqlash.
  • Oldindan buyurtma qilish bo`yicha naqd pul mablag`larini berish.
  • hujjatlar, qimmatli qog`ozlar va boshqa qimmatbaho narsalarni saqlash.

Inkassasiya

AT «Aloqabank» Mijozlariga va ularning bizneslariga, inkassasiya xizmatlarini Respublika Inkassasiya boshqarmasi amalga ohiradi, ularning to`lovlarini esa Bank qoplaydi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.