Loyihalarni moliyalashtirish

AT "Aloqabank" yangi ishlab chiqarishni qurish va mavjudini kengaytirish, zamonaviylashtirish, texnik qayta jihozlash (shu jumladan, jihozlarni, matereal, yangi buyum namunalarini, boshqa moddiy boylik va texnologiyalarni) sotib olishga qaratilgan sarmoya loyihalarning loyihaviy moliyalashtirilishini amalga oshiradi. Bank tomonidan iqtisodiy jihatdan istiqbolli, unumdor loyihalar moliyalashtiriladi.

Moliyalashtirishning asosiy shartlari:

  • Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning investitsion loyihalari bankning o’z mablag’lari hisobidan moliyalashtirilganda loyiha tashabbuskorlarining o’z ulushlari loyiha umumiy qiymatining 25 foizidan kam bo’lmasligi shart. Bunda loyihada ishtirok etmaydigan garov sifatida taqdim qilinayotgan mol-mulklar ulush sifatida e’tirof etilmaydi;
  • Kredit muddati - loyiha pul oqimidan kelib chiqqan holda belgilanadi (5 yil ichida o’zini qoplaydigan loyihalar ustuvor hisoblanadi);
  • Foizi - loyihadan kelib chiqqan holda lekin Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan kam bo’lmagan miqdorda.

Quyidagilarga investitsion kreditlar ajratilmaydi:

  • ustav kapitalini shakllantirishni ko’zda tutuvchi loyihalarga;
  • loyiha bank tomonidan yuqori tavakkalchilikka ega deb topilganda;
  • tayyor mahsulotlarni import qilib qayta sotish uchun savdo kompaniyalariga ishchi kapitalni shakllantirishga;
  • spekulyativ investitsion faoliyatga.

Zaruriy hujjatlar:

  • kredit olish yuzasidan ariza (maqsadi, muddatlari, yillik foiz stavkasi, imtiyozli davri va ta’minoti majburiy tartibda ko’rsatilishi lozim);
  • loyihaning biznes-rejasi, texnik-iqtisodiy asoslanishi, pul oqimlarining rejasi, moliyaviy hisoblar, bozor holati hamda xarajatlari va foydaning asosiy ko’rsatkichlari;
  • ustav va ta’sis hujjatlari, barcha o’zgartirishlari va qo’shimchalari bilan (notarial tasdiqlangan bo’lishi lozim);
  • soliq organlari tomonidan qabul qilingan va muhrlari bilan tasdiqlangan yillik va oxirgi hisobot davri uchun (yil choragi, oy) moliyaviy hisobotlari to’plami, № 1-shakldagi buxgalterlik balansi bilan, №2-shakldagi moliyaviy yakunlar, №2a-shakldagi 90 kundan ortiq muddatli debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari bo’yicha ma’lumotlar;
  • tuzilgan shartnomalar (jihoz-uskunalarni, asboblarni, xom ashyoni yetkazib berish, foydalanishga tayyor ob’ektni topshirish, qurilish pudrati va chiqariladigan mahsulotni sotish bo’yicha);
  • amalga oshiriladigan loyihaning ko’chmas mulki kadastri (garovga berilgan yerlar, binolar va inshootlar kadastri);
  • olinadigan uskunalarning texnikaviy pasportlari, raqobat varaqalari, va sotib olish bo’yicha shartnomalari;
  • loyihaga daxldor tashkilotlarning ijobiy xulosalari (ekologiya, davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, va boshqalar);
  • loyiha-smeta hujjatlari;
  • ta’minot turlaridan biri.

Talab etiladigan hollarda va loyiha tahlili holatlarida qo’shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.