Korporativ plastik kartalar

AT "Aloqabank" Sizga tashkilotingiz faoliyat ko'rsatishi uchun zarur bo'lgan to'lovlarni bankning korporativ kartalari orqali naqd pulsiz amalga oshirish xizmatlarini taqdim etadi. Bankimiz plastik kartalaridan foydalanish Sizga xodimlarining xo`jalik, xizmat safari va vakillik xarajatlarini boshqarishga yordam beradi.

Korporativ kartalar quyidagi to'lovlarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan:

  • ish bo'yicha safar xarajatlari (chiptaga buyurtma berish, mehmonxona, restoran uchun haq to'lash va boshqa xarajatlar);
  • qo'shimcha xarajatlar (chiqimlar);
  • xo'jalik xarajatlari (umumiy iste'mol va korxona ehtiyojlari uchun zarur mahsulotlar);
  • korxonaning asosiy faoliyati bilan bog'liq xarajatlar (mahsulotlar sotib olish, ko'rsatilgan xizmatlar uchun haq to'lash, yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilish va h.k.);
  • korxona taqdimoti bilan bog'liq xarajatlar (sovg'alar, magazinlar, restoranlar va h.k.).

Ish haqi loyihalari

Bank korxona va tashkilotlarga ish haqi va boshqa daromadlarni to'lashni plastik kartalar yordamida amalga oshirishni taqdim etadi. Buning natijasida, naqd pul mablag'lariga doir g'azna operatsiyalarini amalga oshirish, ularni saqlash va ko'chirish bilan bog'liq mablag'larni tejash hisobiga xodimlarga ish haqini to'lashga tegishli xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini beradi.

AT «Aloqabank» ish haqi loyihasining afzalliklari:

  • oylik maoshlarni tashkillashtirish bilan bog`liq bo`lgan, xarajatlarni kamaytirish hamda naqd pulni olish, saqlash va ularni himoyalash -  bu vazifalarni barchasini bank o`z zimmasiga oladi;
  • naqd pulni tashish, qayta sanash va berish zaruriyatining yo`qligi;
  • oylik maoshni berish jarayonida mashg`ul bo`lgan, korxonaning hisob va kassa bo`limlari ishlarining yengillashtirilishi;
  • qabul qilinmagan pul mablag`larining depozitga qo`yish zaruriyatining yo`qligi;
  • oylik maoshni markazlashgan holda hisobga yozish imkoniyati tug`iladi va oylikni berish uchun, mablag`ni inkassatsiya qilish zaruriyatidan xalos bo`lish;
  • korxona xodimlari uchun bank kredit dasturi orqali ijtimoiy masalalarni muvaffaqiyatli yechimi.

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.