Mikrokreditlar

AT "Aloqabank" shaxsiy yordamchi xo'jaliklarga qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish, shuningdek parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish hamda ixcham issiqxonalar qurish uchun mikrokreditlar ajratmoqda. Shaxsiy yordamchi xo'jalik deganda, shaharcha, qishloq, ovullarda yashovchi fuqarolarga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida uy-joy qurish uchun berilgan uchastkalarning bir qismi – tomorqada oila a'zolarining shaxsiy mehnati asosida oila ehtiyojlari uchun dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini etishtirish hamda oila ehtiyojidan ortiqchasini dehqon bozorlarida sotish bilan shug'ullanadigan oilaviy xo'jalik tushuniladi.

Kreditning asosiy shartlari:

  • Valyuta - So'm;
  • Miqdori - eng kam ish haqining 100 baravarigacha;
  • Foizi - Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi darajasidan yuqori bo'lmagan miqdorda.

Kredit muddati:

  • mevali daraxtlar va uzum ko'chatlari sotib olish uchun  - 12 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha bo'lgan muddatga;
  • urug'liklar, mineral o'g'itlar va o'simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini sotib olish, ixcham issiqxonalar tashkil etish hamda parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish uchun - 6 oylik imtiyozli davr bilan 2 yilgacha bo'lgan muddatga.

Kredit ta'minoti:

  • garov mulki yoki qimmatli qog‘ozlar;
  • bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati;
  • boshqa shaxslar kafolati;
  • sug‘urta kompaniyasining qarzdor tomonidan olingan kreditni so‘ndirilmasligi tavakkalchiligini sug‘urtalash to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.

Zaruriy hujjatlar:

  • kredit uchun ariza;
  • mahalla, qishloq, ovul fuqarolar yig'ini Kengashi raisi tomonidan imzolangan, belgilangan tartibda berilgan sanasi va raqami qayd etilgan hamda gerbli muhr bilan tasdiqlangan tavsiyanoma va mikrokredit oluvchi shaxsiy yordamchi xo'jalik yurituvchi jismoniy shaxsda tomorqa uchastkasi mavjudligi hamda uning maydoni ko'rsatilgan ma'lumotnoma;
  • pasport nusxasi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.