Xalqaro korporativ kartalari

AT “Aloqabank” xalqaro VISA plastic karta sistemasida ishlovchi yuridik shaxslar korxona xodimlari nomiga rasmiylashtiriladigan korporativ kartalarni taklif qiladi.  

Korporativ kartalar orqali xodimning xizmat safari xarajatlarini to’lash va korxona faoliyatiga doir to’lovlarni xorijiy davlatlar bilan bir qatorda O’zbekistonda ham amalga oshirish mumkin.

Korporativ kartalardan foydalanish afzalliklari:

  • Xarajatlar ustudan nazoratni kuchaytiradi;
  • Tashkilot xodimlariga ishlatilmay qolgan, xizmat safariga mo’ljallangan naqt shakldagi mablag’larni qaytarish zaruriyatining yoqligi;  
  • Karta hisobraqamidagi mablag’laridan kuni tun foydalanish imkoniyati;
  • Bojxona ko’rigida pul mablag’lariga deklaratsiya tuzish shart emasligi;
  • Bir necha kartalarni bitta hisobraqamga rasmiylashtirish imkoniyati;
  • Internet tarmog’ida tovar va xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirish imkoniyati;
  • O’tkazilgan amaliyotlar bo’yicha SMS xabarnomasini olish;

Kerakli hujjatlar ro’yxati:

  • Korporativ karta va karta hisobraqamini ochish arizasi;
  • Korporativ karta ochilayotgan xodimning passport nusxasi;
  • Karta saqlovchisining anketasi;

VISA kartasini chiqarish va xizmat ko’rsatish shartnomasi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.