Lizing operatsiyalari

AT «Aloqabank» o`z mijozlariga, uchinchi shaxs (sotuvchiga) keyin qaytarib sotib olish mulk summasini to`lash  - moliyaviy lizing - kreditlash turini taqdim etadi. Lizing – bu biznesga sarmoyalar kiritishning qulay shakli. Lizing evaziga sotib olingan ob’ektdan bir yula foydalanib, ob’ekt sotib olingan mablag‘ni ma’lum muddatda qaytarish sharti bilan mavjud biznesni kengaytirish, modernizatsiya qilish yoki faoliyatning yangi yo‘nalishini ochish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna, texnika yoki avtotransportni sotib olish mumkin.

Moliyalashtirish turini tanlashda lizing bir qator afzalliklarga ega:

  • lizing ob’ekti lizing oluvchining balansida hisobga olinadi va shu tufayli lizing ob’ekti mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi;
  • lizing ob’ektini tezlashtirilgan holda amortizatsiya qilishni qo‘llash imkoniyati mavjud;
  • lizing shartlari ostida O’zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan texnologik jihozlar davlat bojlari va QQS to‘lashdan ozod qilinadi.

Lizing ob'yekti sifatida quyidagilar bo`lishi mumkin:

  • mini zavodlar,
  • xom ashyo va materiallarni qayta ishlaydigan sexlar;
  • aholi iste'mol mahsulotlarini ishlab chiqarish asbob-uskunalar;
  • qishloq xo`jlaik va qurilish texnikasi;
  • transport, orgtexnika, aloqa vositalari;
  • boshqa ishlab chiqarish asbob-uskunalari va mol-mulklar.

Lizing asosiy shartlari:

  • Summa - kredit oluvchining kreditga layoqatligi va kredit ta´minotidan kelib chiqqan holda;
  • Yillik foizi - yiliik 16% dan boshlab;
  • Muddati - 1 yildan ortiq.

Lizingning asosiy garovi bo'lib lizing shartlari bo`yicha Mijoz egaligiga berilgan mol-mulklar hisoblanadi.

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.