Biznesni kengaytirish uchun kredit

AT "Aloqabank" biznesingizni kengaytirish uchun qulay shartlardagi kreditlarni taqdim etadi. Kreditlar asosiy vositalarni sotib olish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun taqdim etiladi.

Kreditning asosiy shartlari:

  • Valyuta- So'm;
  • Summa - biznes-loyihaga qarab;
  • Muddati - Loyihaning xarajatlarni qoplay olishiga qarab;
  • Foizi - yillik 18 foizdan;
  • So'ndirish tartibi - Kredit bo‘yicha to‘lovlar kreditning butun amal qilish muddatiga taqsimlanadi va qismlar bo‘yicha to‘lanadi. To‘lovlarning hajmlari va davriyligi kredit shartnomasi bilan o‘rnatiladi.

Kredit ta'minoti:

  • garov mulki yoki qimmatli qog‘ozlar;
  • bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati;
  • boshqa shaxslar kafolati;
  • sug‘urta kompaniyasining qarzdor tomonidan olingan kreditni so‘ndirilmasligi tavakkalchiligini sug‘urtalash to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.

Zaruriy hujjatlar:

  • kredit arizasi;
  • biznes-reja;
  • buxgalteriya balansi, debitorlik va kreditorlik qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.