Aylanma mablag'larini to'ldirish uchun kreditlar

Aylanma mablag'larini to'ldirish uchun kreditlar xo'jalik yurituvchi subyektlarning bevosita ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarini, ya’ni tovar-moddiy zahiralar uchun haq to’lash, yoki xom ashyo sotib olish kabi xarajatlarni moliyalashtirish uchun ajratiladi.

Kreditning asosiy shartlari:

  • Valyuta - So'm;
  • Summa - biznes-loyihaga qarab;
  • Muddati - 18 oygacha (yangi tashkil etilgan subyektlar uchun 12 oygacha);
  • Foizi - yillik 18 foizdan.

Kredit ta'minoti:

  • garov mulki yoki qimmatli qog‘ozlar;
  • bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati;
  • boshqa shaxslar kafolati;
  • sug‘urta kompaniyasining qarzdor tomonidan olingan kreditni so‘ndirilmasligi tavakkalchiligini sug‘urtalash to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.

Zaruriy hujjatlar:

  • kredit arizasi;
  • biznes-reja;
  • buxgalteriya balansi, debitorlik va kreditorlik qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.