Imtiyozli kreditlash jamg‘armasidan kredit

Imtiyozli kreditlash jamg'armasidan kreditlar uzoq va borish qiyin bo‘lgan, shuningdek, mehnat resurslari ortiqcha bo‘lgan (O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan O’zbekistion Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda aniqlagan) tumanlar va shaharlarda joylashgan ishlab chiqarish mikrofirmalari, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklariga ajratiladi.

Kredit maqsadi:

  • qurilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va qayta ta’mirlash
  • ishlab chiqarish binolari;
  • mashinalar, jihozlar, asbob-uskunalar, inventarlar, urug‘lar, uy hayvonlari va parrandalar xarid qilish;
  • xom-ashyo va materiallar, jumladan, yem-xashak, omuxta yem, veterinariya preparatlari, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-yog‘lash materiallari va ekin maydonlarini qayta ishlash bo‘yicha mexanizatsiyalashgan xizmatlarni sotib olish.

Kreditning asosiy shartlari:

  • Valyuta- So'm;
  • Summa - O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida o‘rnatilgan eng kam ish haqining 2000 barobarigacha hajmda;
  • Foizi - O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi;

Kredit muddati:

  • xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda boshqa ishlab chiqarish zaxiralari xarid qilish uchun zarur bo'lgan aylanma mablag'larni to'ldirishga kreditlar kichik tadbirkorlik sub'ektlariga – 1 yilgacha bo‘lgan muddatga;
  • qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun aylanma mablag'larni to'ldirishga kreditlar fermer xo'jaliklariga, shuningdek yuridik shaxs bo'lgan dehqon xo'jaliklariga – 2 yildan kam bo‘lmagan muddatga;
  • investitsiya loyihalarini mablag' bilan ta'minlash uchun kreditlar kichik tadbirkorlik barcha sub'ektlariga, shu jumladan yuridik shaxs bo'lgan fermer va dehqon xo'jaliklariga – 5 yilgacha bo‘lgan muddatga.

Kredit ta'minoti:

  • garov mulki yoki qimmatli qog‘ozlar;
  • bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati;
  • boshqa shaxslar kafolati;
  • sug‘urta kompaniyasining qarzdor tomonidan olingan kreditni so‘ndirilmasligi tavakkalchiligini sug‘urtalash to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.

Zaruriy hujjatlar:

  • kredit arizasi;
  • biznes-reja;
  • buxgalteriya balansi, debitorlik va kreditorlik qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.