Bank kafolati

Bank kafolati — bank (kafil) boshqa shaxs (prinsipal)ning buyurtmasiga ko‘ra kafil o‘z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq printsipalning kreditori (benefitsiar) pul summasini to‘lash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga to‘lash haqida prinsipalga beradigan yozma majburiyat (kafolat). Bank xizmatlarining ushbu turi mijozning kontragentlar va boshqa banklar oldidagi majburiyatlarining bajarilishini kafolatlaydi.

Kafolatlarni berishda mijoz bilan shartnoma tuziladi, unda bank kafolatini berish tartibi, uning shartlari, to‘lov shartlari va tomonlarning o‘zaro majburiyatlari ko‘rsatib o‘tiladi. Ayrim hollarda ushbu shartnoma kredit shartnomasiga o‘xshab ta’minotni talab qiladi. Bank kafolatini olish uchun mijoz bankka kredit olish uchun o‘rnatilgan ro‘yxatga ko‘ra hujjatlarni taqdim etadi.

Bugungi kunda bank tomonidan quyidagi bank kafolati turlari taqdim etiladi:

Shartnomalar bo‘yicha majburiyatlar ijrosini kafolatlash

Kafolatning asosiy shartlari:

  • Benefitsiar - tovarlar/xizmatlar ta’minotchisi, pudrat shartnomalari bo‘yicha buyurtmachi;
  • Summa - tuzilgan shartnomalarga muvofiq (odatda shartnoma summasining 20% gacha);
  • Valyuta - So‘m, AQSh dollari, Yevro;
  • Kafolat muddati - shartnoma shartlariga muvofiq;
  • Vositachilik haqi - bank tariflariga ko‘ra, biroq kafolat summasining 1% dan kam bo‘lmagan miqdorda;
  • Vositachilik haqini to‘lash muddati - kafolat chiqarilgunicha bir martalik to‘lov bilan.

Kafolat ta'minoti:

  • avtotransport;
  • ko‘chmas mulk;
  • ishlab chiqarish va savdo jihoz;
  • bank boshqa mijozining kafilligi;
  • prinsipalning kafolat bo'yicha majburiyatini bajarmaslik xatarining sug'urta qilinganligi to'g'risidagi sug'urta polisi.

Tender kafolati

Kafolatning asosiy shartlari:

  • Benefitsiar - tovarlar/xizmatlar ta’minotchisi, pudrat shartnomalari bo‘yicha buyurtmachi;
  • Summa - tuzilgan shartnomalarga muvofiq (odatda shartnoma summasining 2-15% gacha);
  • Valyuta - So‘m, AQSh dollari, Yevro;
  • Kafolat muddati - shartnoma shartlariga muvofiq;
  • Vositachilik haqi - bank tariflariga ko‘ra, biroq kafolat summasining 1% dan kam bo‘lmagan miqdorda;
  • Vositachilik haqini to‘lash muddati - kafolat chiqarilgunicha bir martalik to‘lov bilan.

Kafolat ta'minoti:

  • avtotransport;
  • ko‘chmas mulk;
  • ishlab chiqarish va savdo jihoz;
  • bank boshqa mijozining kafilligi;
  • prinsipalning kafolat bo'yicha majburiyatini bajarmaslik xatarining sug'urta qilinganligi to'g'risidagi sug'urta polisi.

Zaruriy hujjatlar:

  • kafolat buyurtmasi;
  • kafolatdan foydalanishning butun davrini o'z ichiga olgan pul oqimi tahlili ko'rsatilgan biznes-reja;
  • oxirgi hisobot sanasi bo'yicha buxgalteriya balansi (1-shakl), moliyaviy natijalari haqida hisobot (2-shakl), muddati o'tgan debitorlik va kreditorlik qarzdorlik haqidagi ma'lumotnoma (2a-shakl);
  • oxirgi uch moliyaviy yil natijalari bo'yicha auditorlik xulosasi.

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.