Masofaviy bank xizmatlari

Hisob xizmatlarining sifatini, ishonchliligini va tezkorligini oshirish uchun AT «Aloqabank» o`z mijozlariga "Bank-Mijoz" elektron to`lovlar tizimini taqdim etadi. "Bank-Mijoz" tizimi mijoz va bankning uzoqlashgan holdagi o`zaro aloqadorlik tamoyiliga asoslanadi va AT «Aloqabank»da ochilgan hisob raqamlari bilan, mijozning joylashuvi va hududiy uzoqligidan qat'iy nazar ish yuritishga yordam beradi.

"Bank-Mijoz" tizimi quyidagi afzalliklarga ega:

  • xodimlar ish kunini tejash;
  • to`lovlarni o`tkazish ishonchliligini oshirish;
  • hujjatlarni qayta ishlash jarayonini osonlashtirish;
  • hisob raqami bo`yicha operasiyalar to`g`risidagi ma'lumotlarni tezkor olish;
  • bank ma'lumotlar bazasiga kirish.

"BIank-Mijoz" tizimi Mijozga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

  • bank bilan so`m va valyuta to`lov hujjatlari bilan almashish;
  • bank bilan erkin formatda hujjatlar bilan almashish;
  • mablag`larni horijiy valyutada sotish va sotib olish;
  • avtomatizasiyaga alohida e'tibor qaratmaslik;
  • pul mablag`lar harakatini bank hisob raqamlarida nazorat qilish.

"Bank-Mijoz" tizimi elektron hujjataylanmasi sxemasi quyidagicha ko`rinishga ega:

  • mjjoz, maxsus dasturiy ta'minot orqali tuzilgan va imzolangan eleketron hujjatlarni (to`lov guvohnomalari, o`tkazish uchun arizalarni va boshqalarni) bankga o`tkazadi;
  • bank xodimi ushbu hujjatlarni qayta ishlaydi (to`g`ri to`ldirilganligini va elektron imzolarning haqiqiyligini tekshiradi);
  • mijoz, bank tomonidan birlamchi qayta ishlashning natijalarini (bank tomonidan qayta ishlash uchun qabul qilinganligi yoki qaytarilganligi va uning sababini ko`rsatuvchi ma'lumotlarni) oladi;
  • bank xodimi ish kunining yakunida har kuni mijoz hisob raqami bo`yicha ko'chirmasi bilan elektron hujjatni tuzadi va uni imzolaydi;
  • bank tomonidan xujjat qabul qilga kunining ertasiga, mijoz o`z hisob raqami ko`rsatilgan vipiskani oladi.

"Bank-Mijoz" tizimi mijoz vaqti va xarajatlarini tejaydi:

  • tizim O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki yo'riqnomalari, banklar ma'lumotnomalari, mijoz ma'lumotlariga muvofiqlik nazoratini nazarda tutadi;
  • barcha kerakli ma'lumotlar muntazam ravishda yangilanib turadi;
  • summani to`lov hujjatiga kiritayotganda, mijoz QQS hisobi bo`yicha, summani valyutadan so`mda hisoblashda konvetasiya uchun foizlarni inobatga olib, xizmat funksiyalaridan foydalaniladi;
  • mijoz bank xodimi tomonidan qayta ishlanayotgani to`g`risida yoki hujjatlar nima sababaga ko`ra qayta ishlashga olinmaganligi qayd qilingan hujjatni bankdan oladi. Mijoz doimo kamchiliklarni bartaraf qilishga imkoniyatga ega bo`ladi;
  • bank va mijoz o`rtasida hujjatlarning ayirboshlanishi har aloqa seansida ikki tomonlama, ya'ni mijozdan bankga va bankdan mijozga amalga oshiriladi. O`zaro aloqa tizim markaz serveri orqali amalga oshiriladi.

Masofaviy bank xizmatining yagona serveri quyidagilarni kafolatlaydi:

  • mijoz hujjatlarini qayta ishlashning yagona qoidalari;
  • Integratsiyaning yagona mexanizmlari, doimiy integrasiya va versiyalarning o`zgarishidagi tizimlar muvofiqlashtirilishi bank va mijoz orasidagi uzoq muddatli bitimlarida tartibga solinadi;
  • ma'lumotlarning markazlashgan holda saqlanishi;
  • kriptohimoya vositalarning qo`llab-quvvatlanishi;
  • yuqori unumdorlikni va ishonchlilikni, shu jumladan, nagruzkani taqsimlash shaxsiy tizimi hisobiga.

"Bank-Mijoz" - yopiq kommunikatsion tizimdir. Uning xususiyatlaridan biri, anonim operatsiyalarning o`tkazish imkoniyatining yo`qligi, ya'ni operatsiya kimning registrasion nomidan amalga oshirilayoitganini avtomatik ravishda aniqlaydi, buning uchun esa foydalanuvchini tasdiqlovchi barcha kerakli ma'lumotlarga ega bo`ladi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.