Deposit operatsiyalari

AT "Aloqabank" vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'laringizni yuqori foyda olish sharti bilan bankka joylashtirishni tavsiya etadi. Bankka qo'yilgan mablag'laringizning saqlanishi va daromad keltirishini kafolatlaymiz. Daromadlar foydasi qo'yilgan mablag' summasi va muddatlarga bevosita bog'liq.

Depozit uchun qulayliklar:

  • korxonangizning vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'laridan yuqori va barqaror daromad olish;
  • pul mablag'larini Siz uchun qulay bo'lgan muddatlarga joylashtirish imkoniyati;
  • depozitning muddati va undan olinadigan foyda shartnomada qayd etiladi va bir tomonlama o'zgartirilishi mumkin emas;
  • depozitning qaytarilishi kafolatlanadi.

Depozitning asosiy shartlari:

  • depozitga mablag' qo'yish faqat yuridik shaxsning hisob raqamidan  naqd pulsiz pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi;
  • pul mablag'lari milliy va chet el valyutasida qabul qilinadi;
  • depozitning muddati tugagandan so'ng depozit summasi va unga hisoblangan foizlar bank depoziti shartnomasida ko'rsatilgan rekvizitlariga o'tkaziladi.

Depozit sertifikatlari

Shu bilan birgalikda AT "Aloqabank" o'z mijozlariga depozit sertifikatlarini sotib olishni taklif etadi. Depozitli sertifikat — bankka qo'yilgan depozit summasini hamda o'rnatilgan muddat tugagandan so'ng depozit summasi va sertifikatda ko'rsatilgan foydaning omonatchiga (sertifikat egasiga) to'lanishi huquqini tasdiqlovchi qimmatli qog'ozdir. Depozit sertifikatini depozitdan farqi shuki, u qimmatli qog'oz hisoblanib, depozit sertifikatini zarur hollarda ta'minot sifatida qo'yish, boshqa shaxsga sotish yoki foiz to'lovlarini saqlagan holda REPO bitimini rasmiylashtirish mumkin.

Depozitli sertifikalarning afzalliklari:

  • foiz stavkasi aniq belgilangan bo'lib mablag' qo'yilgan muddat davomida o'zgarmaydi;
  • huquqlarni boshqa kishilarga berish imkoniyati;
  • bank yoki boshqa kreditorlar oldidagi majburiyatlarni bajarish maqsadida depozitli sertifikatdan garov sifatida foydalanish;
  • depozit sertifikati berilgan joyidan qat'iy nazar u bo'yicha olingan majburiyatlarni bankning har qanday filialidan talab qilish;
  • 1 yildan ortiq muddatga tijorat banklarning depozitlari va daromadli qimmat qog'ozlariga joylashtirilgan pul mablag'laridan olingan yuridik shaxslarning foizli daromadlari soliqdan ozod qilinadi.

Bank quyidagi shartlar bo'yicha o'z depozit sertifikatlarini taklif qiladi:

  • muomala muddati 180 kundan 360 kungacha —  O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining 50 foizi + yillik bir foiz;
  •  muomala muddati 361 kundan 540 kungacha —  O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining 50 foizi + yillik ikki foiz;
  •  muomala muddati 541 kundan 720 kungacha —  O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining 50 foizi + yillik uch foiz.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.