Karyera

AT "Aloqabank"  kadrlar siyosatini o'zining asosiy strategik maqsadlaridan biri deb hisoblaydi. Chunki bank xodimlari mijozlar bilan hamkorlik aloqalarini olib boradi va tijorat, moliya va boshqaruv masalalarini hal qiladi. Bankning maqsadlariga erishishi va qo’yilgan vazifalarni bajarilishi, uning ishonchliligi va rivojlanish suratlarini jadallashishi har bir bank xodimining sifatli va samarali faoliyat olib borishlariga bog’liq.

Bank rahbariyati yuqori malakali kadrlarni tanlab olish va jipslashgan jamoani shakllantirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Bank xodimlari bilan ishlashda quyidagi prinsiplarga asoslanadi:

  • xodimlar ishini samarali tashkil etish,  yuqori sifatli ish muhitini yaratish va barcha ish o’rinlarini malakali kadrlar bilan taminlash;
  • motivasiya tizimini rivojlantirish, xodimlarning bank ishiga qo’shgan hissasi va professionallik darajasiga mos ravishda lavozimlarini oshirish va rag’batlantirishni yo’lga qo’yish;
  • xodimlarni qo’llab quvvatlash va professionallik darajasini oshirishda, shuningdek, lavozimlarni oshirish  istiqbollarini rejalashtirishda bank xodimlari faoliyatini baholashning zamonaviy usullarini qo’llash;
  • yosh va umidli kadrlarga o’qish imkoniyatlarini yaratish va malakasini oshirish.

AT "Aloqabank"da ishlashning afzalliklari:

  • Bankning innovatsiyalar uchun ochiqligi — har bir inson bank faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan o’z g’oyalarini yaratishi va taklif qilishi mumkin;
  • Respublikamizing yirik banklaridan birida ishlash tajribasi;
  • Banklarning davlat investitsion loyihalarini moliyalashtirishdagi rolini o’rganish imkoniyati;
  • Xodimning salohiyatiga qarab lavozimida ko’tarilish istiqbollari;
  • O’z malakasini nafaqat Respublikamizdagi o'quv markazlari va oliygohlarida oshirish, balki xorijiy mamlakatlarda ham tajriba almashish imkoniyati.

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.