Korporativ boshqaruv

Samarali korporativ boshqarish bankning muvaffaqqiyatli faoliyatining muxim sharti xisoblanadi, barqaror rivojlanishni aniqlovchi, aksiyadorlar, mijozlar va boshqa aloqador shaxslarning xuquqlari va xaqlarini ximoya qiluvchi, moliyaviy tashkilotning faoliyatini oshirish soxasidagi eng muxim yo'nalishi bo'lib xizmat qiladi.

Bank faoliyati turli risklar bilan bog'likdir. Shu bois korporativ boshqarishga va ichki nazoratga mukammal yondashuv zaruriyati mavjud. Ichki nazoratning aniq tizimini o'rnatish uchun bank risklar tavsifining tulik va doimiy baxolashini o'tkazadi.

Bankda boshqarishning yuqori organi - Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi, bank Kengashi, bank Boshqaruvi, hamda Taftish Komissiyasi, Boshqaruv qoshidagi 3ta Qo'mita va Kengash qoshidagi Kengash a'zolari kiruvchi 2ta Qo'mitani o'z ichiga olgan korporativ boshqarishning mukammal tuzilmasi ishlamoqda.

Bank Kengashi qoshidagi qo'mitalar:
  • Audit qo'mitasi;
  • Bank tavakkalchiliklarini nazorat qilish qo'mitasi.
Bank Boshqaruvi qoshidagi qo'mitalar:
  • Resurslarni boshqarish qo'mitasi;
  • Kredit qo'mitasi;
  • Investitsiya qo'mitasi.
Aktivlar va passivlarni boshqarish tizimi bankning barqarorligini va bank operatsiyalarini rentabelligini quvvatlashning asosiy omili xisoblanadi. Resurslarni boshqarish qo'mitasining Qo'mitaning asosiy vazifalari quyidagilar:
  • bank Boshqaruviga moliyaviy risklarni tahlili va boshqarish tizimlarining mukammallashtirish va mustahkamlashni nazorat qilish sohasidagi tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi funktsiyalarini amalga oshirishiga ko'maklashadi;
  • likvidlilikni samarali boshqarish maqsadida bankning optimal likvidligini qo'llash, yuqori daromadlilik, moliyaviy yo'qotishlarni kamaytirish va bankning turli bo'linmalari faoliyatini muvofiqlashtirishni xisobga olgan xolda bankning moliyaviy rivojanishining asosiy yo'nalishlarini aniqlash;
  • Aktivlar va passivlarning optimal va mos kelgan tuzilmasi tanlash;
  • Moliyaviy oqimlarni o'lchovli boshqarish.
Bankda faoliyat ko'rsatayotgan kredit qo'mitasi kredit risklari darajasini maksimal pasaytirishni ta'minlash uchun xizmat qiladi. Uning asosiy vazifalari quyidagilar
  • bankning kredit operatsiyalari bo'yicha siyosat va jarayonlarni ko'rib chiqish, tasdiqlash va mos kelishini ta'minlash;
  • diversifikasiya va kredit riski darajasini boshqarish maqsadida kredit risklarning limitlarini belgilash;
  • kredit operatsiyalarini o'tkazish to'g'riligi ustidan nazorat o'rnatish;
  • kredit portfelini tahlili, uning sifati, daromadlilik darajasi, zaruriy zaxiralarni tashkil etish ustidan nazoratni ta'minlash, kredit risklarini kamaytirish bo'yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish va qo'llash.

Bankning investitsion faoliyati kengayishi sababli tashkil topgan investitsiya Qo'mitasi ham korporativ boshqaruvda muhim o'rin tutadi. U quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • shu'ba korxonalar faoliyati samaradorligini o'sishida ko'maklashish;
  • daromadlilikni oshirish maqsadida investitsiyalar hajmini kengaytirish;
  • investitsiyalar bozorini tahlil qilib borish.

Korporativ boshqaruvning barcha tuzilmalari faoliyati bank biznesining ajralmas qismi hisoblangan risklarni kamaytirish va oldini olish uchun qaratilgan.

AT "Aloqabank"ning boshqaruv-tashkiliy strukturasi | pdf (0,2 mb)

Tarkibiy bo'linmalar ro'yxati

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.