Bank haqida

Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 1994 yil 12 oktabrda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi korxonalari hamda kichik va o’rta biznes subyektlarini iqtisodiy qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan.

AT «Aloqabank» universal-tijorat bank sifatida o’z faoliyatini quyidagi litsenziyalar asosida amalga oshiradi:

  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2014 yil 4 avgustdagi 48-sonli bank amaliyotlarini amalga oshirish litsenziyasi (1995 yil 22 martdagi 48-sonli litsenziyaga almashtirilgan);
  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2014 yil 4 avgustdagi 59-sonli xorijiy valyutada amaliyotlarni amalga oshirish haqidagi Bosh litsenziyasi (1996 yil 21 avgust 38-sonli litsenziyasiga almashtirilgan);

Hozirgi kunda bank:

  • O’zbekiston Respublikasi banklar Assotsiatsiyasi a’zosi;
  • O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasi qatnashchisi;
  • Fuqarolarning banklardagi "Omonatlarini kafolatlash jamg’armasi" a'zosi;
  • “Toshkent” Respublika  fond birjasi qatnashchisi;
  • O’zbekiston umumdavlat to’lov tizimining a’zosi;
  • SWIFT xalqaro to’lov tizimi a’zosii;
  • VISA xalqaro to'lov tizimi a'zosi;
  • O'zbekiston linzing beruvchilar Assotsiatsiyasi a'zosi;
  • sindikatli kreditlash tashabbus markazi hisoblanadi.

Bank  WESTERN UNION, UNISTREAM, CASPIAN MONEY TRANSFER, ЗОЛОТАЯ КОРОНА, ЛИДЕР, CONTACT, MONEY GRAM, ANELIK kabi xalqaro pul o’tkazmalari tizimlari bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o’rnatib kelmoqda.

Vakillik munosabatlari:

  • AG Commerzbank (Germaniya);
  • YAJ Asia-Invest Bank (Rossiya);
  • Agricultural Bank of China (Xitoy);
  • KB Kookmin Bank (Koreya Respublikasi);
  • Bank of China (Xitoy).

Bank auditori – PricewaterhouseCoopers (2008-2010 yy, 2012-1014 yy.)

Bank aksiyadorlari sifatida quyidagi bir qator nufuzli kompaniyalar, tashkilotlar va qo’shma korxonalar o’rin olgan:

  • “O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi;
  • Elektromagnit moslashuv markazi;
  • Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi;
  • Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti;
  • “Alskom” sug’urta kompaniyasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi;
  • Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi;
  • "DD GENERAL INSURANCE" ma'suliyati cheklangan jamiyat;
  • “O’zbekiston pochtasi” aksiyadorlik kompaniyasi;
  • "MEHNAT" ma'suliyati cheklangan jamiyat;
  • “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi.

Xalqaro reyting: 2015 yil -  B1/B2/NP

"Moody's" xalqaro reyting agentligi tomonidan AT "Aloqabank"ga quyidagi reytinglar tasdiqlangan:

  • milliy valyutadagi depozitlar bo'yicha - B1/NP;
  • xorijiy valyutadagi depozitlar bo'yicha - B2/NP;
  • barcha reytinglar bo'yicha - "barqaror".

Milliy reyting: 2015 yil - uzA+ (Juda yuqori)

"Axbor-reyting" banklararo reyting kompaniyasi AT "Aloqabank"ga "uzA+" (Juda yuqori) kreditga layoqatlilik reytingini berdi.

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.