Jismoniy shaxslarga

Iste'mol krediti

AT «Aloqabank»  jismoniy shaxslarga quyidagi maqsadlarda iste'mol kreditlarni taklif qiladi:

  • turli xil maishiy texnika, orgtexnika, mebel, interyer predmetlarni va boshqalarni sotib olishda;
  • kompyuter texnikasini va mobil telefonlarni harid qilishda;
  • oliy o`quv yurtlarda ta'lim olish uchun to`lovlarni amalga oshirishda;
  • tibbiyot va sanitar-sog`lomlashtirish muassasalar xizmati haqqini to`lashda;
  • uy-joylarini ta'mirlash uchun qurilish mollarni sotib olishda;
  • to`y va an'anaviy tadbirlarni o`tkazishda;
  • aviabiletlarni sotib olishda;

Iste'mol kredit - bu jismoniy shaxsning iste'mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar va xizmatlarni harid qilish uchun taqdim etiladigan kredit.

Kerakli hujjatlar:

  • Pasport
  • Turar joy to`g`risida ma'lumotnoma (oilaviy tarkibi)
  • Ma'lumotnoma (ish joyidan yillik daromadi to`g`risida)
  • Ish joyidan lavozimi to’g’risida ma'lumotnoma
  • Tovar yoki xizmat shartnomasi
  • INN nusxasi
  • INPS nusxasi
  • Mehnat daftarchasi nusxasi (asliga to’g’ri)
  • Shartnoma pul o’tkazishga

 Iste'mol krediti asosiy shartlari

Davolanish uchun:

  • Yillik foizi – 18%;
  • Muddati – 1-3 yilgacha;

To’y marosimlari o’tkazish va O’quv kurslari xizmati uchun:                                                                                                                                                  

  • Yillik foizi – 20%;
  • Muddati – 1-3 yilgacha;

Safarbarlik chaqiruv rezervi uchun:                                                                                                                                                   

  • Yillik foizi – 22%;
  • Muddati – 2 yilgacha;

Maishiy texnika vositalari, mebel jihozlari, qurilish mollari va boshqa  maqsadlar uchun                                                                                                                                                 

  • Yillik foizi – 24%;
  • Muddati – 1-3 yilgacha;

Mahalliy va chet el sayohati uchun:

  • Yillik foizi – 20-24%;
  • Muddati – 1-3 yilgacha;

 

Ta'lim krediti

Ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan Oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo’limlariga to’lov-kontrakt asosida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan talabalarning o’qishi uchun talabalarning o’zlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga berilishi mumkin.

Ta’lim kreditlari Oliy ta’lim muassasalarida o’qish davri hisobga olingan holda, bakalavriatga o’qishga qabul qilingan talabalarga 10 yilgacha, magistraturaga o’qishga qabul qilingan talabalarga 5 yilgacha bo’lgan muddatga beriladi.

Ta’lim kreditlari O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo’lmagan o’zgaruvchi foiz stavkalari belgilangan holda beriladi.

Ta’lim kreditini olish uchun qarz oluvchi tijorat bankiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

    a) ta’lim krediti berish to’g’risidagi ariza;

    b) talaba va oliy ta’lim muassasasi o’rtasidagi to’lov-kontrakt asosida o’qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt). Kontraktda o’qishning belgilangan muddati va bir yil uchun to’lov miqdori ko’rsatilgan bo’lishi lozim. O’qish uchun to’lov miqdori keyingi yillarda o’zgargan hollarda kontraktlarga tegishli o’zgartirishlar kiritiladi, bu haqda oliy ta’lim muassasasi o’n kun muddatda bankka yozma ravishda ma’lum qiladi, so’ngra qarz oluvchi, bank va oliy ta’lim muassasasi o’rtasidagi kredit shartnomasiga zarur o’zgartirishlar kiritiladi;

    v) fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan qarz oluvchining yashash joyi to’g’risida berilgan ma’lumotnoma;

    g) kreditni qaytarishning ta’minlanishi to’g’risida hujjat;

 

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.