Bank haqida

Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 1994 yil 12 oktabrda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi korxonalari hamda kichik va o’rta biznes subyektlarini iqtisodiy qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan.

AT «Aloqabank» universal-tijorat bank sifatida o’z faoliyatini quyidagi litsenziyalar asosida amalga oshiradi:

  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2017 yil 21 oktyabrdagi 48-sonli bank amaliyotlarini amalga oshirish litsenziyasi (1995 yil 22 martdagi 48-sonli litsenziyaga almashtirilgan);
  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2014 yil 4 avgustdagi 59-sonli xorijiy valyutada amaliyotlarni amalga oshirish haqidagi Bosh litsenziyasi (1996 yil 21 avgust 38-sonli litsenziyasiga almashtirilgan);

Hozirgi kunda bank:

  • O’zbekiston Respublikasi banklar Assotsiatsiyasi a’zosi;
  • O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasi qatnashchisi;
  • Fuqarolarning banklardagi "Omonatlarini kafolatlash jamg’armasi" a'zosi;
  • “Toshkent” Respublika  fond birjasi qatnashchisi;
  • O’zbekiston umumdavlat to’lov tizimining a’zosi;
  • SWIFT xalqaro to’lov tizimi a’zosii;
  • VISA xalqaro to'lov tizimi a'zosi;
  • O'zbekiston linzing beruvchilar Assotsiatsiyasi a'zosi;
  • sindikatli kreditlash tashabbus markazi hisoblanadi.

Bank  WESTERN UNION, UNISTREAM, ЗОЛОТАЯ КОРОНА, CONTACT, MONEY GRAM kabi xalqaro pul o’tkazmalari tizimlari bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o’rnatib kelmoqda.

Vakillik munosabatlari:

Bank auditori – PricewaterhouseCoopers (2008-2010 yy, 2012-1014 yy.)

Bank aksiyadorlari sifatida quyidagi bir qator nufuzli kompaniyalar, tashkilotlar va qo’shma korxonalar o’rin olgan:

  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
  • “O’zbekiston Respublikasi Тiklanish va Тaraqqiyot Jamg’armasi;
  • "O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi;
  • Elektromagnit moslashuv markazi;
  • Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi;
  • Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti;
  • “Alskom” sug’urta kompaniyasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi;
  • Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi;
  • "DD GENERAL INSURANCE" ma'suliyati cheklangan jamiyat;
  • “O’zbekiston pochtasi” aksiyadorlik kompaniyasi;
  • "MEHNAT" ma'suliyati cheklangan jamiyat;
  • “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi.

Xalqaro reyting: 

2018 yil, B1/B2/NP
«Moody's Investors Service» xalqaro reyting agentligi tomonidan AТ “Aloqabank”ga quyidagi xalqaro reyting baholari berildi:
  • Barcha reytinglar bo’yicha prognoz – «BARQAROR»;
  • Milliy valyutadagi depozitlari bo’yicha – B1/NP;
  • Хorijiy valyutadagi depozitlari bo’yicha – B2/NP;
  • Kontragent riskini baholash bo’yicha  - B1(cr)/NP(cr)

Milliy reyting: 

2017 yil, uzA+ (Juda yuqori)
«Axbor-Reyting» banklararo reyting kompaniyasi AТ «Aloqabank»ga milliy shkala bo’yicha kreditga layoqatlilik «uzA+» (Juda yuqori) reytingini berdi.

Bank tomonidan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va jismoniy shaxslarga ko'rsatiladigan xizmatlar ro'yxati |* .pdf| 146 Kb|

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.